"Zarafshon Oyna" MCHJ NOx chiqindilarini qanday kuzatib boradi.

Muntazam ekologik monitoring sanoat korxonalariga nafaqat qonunchilik me’yorlariga rioya qilish, balki odamlar salomatligi uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarning oldini olish imkonini beradi. "Zarafshon Oyna" MCHJ uchun bu masala, ayniqsa, turar-joy mavzelarining yaqinligi tufayli dolzarbdir.

Korxona qurilishi KfW xalqaro banki ko‘magida amalga oshirildi. Moliyalashtirishning asosiy shartlaridan biri korxona faoliyatining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining yangi ekologik talablariga, shuningdek, jahon ekologik standartlariga muvofiqligi edi.


Ushbu talablarni bajarish maqsadida "Zarafshon Oyna" MCHJ tomonidan korxona hududi va unga yaqin aholi yashash kvartallarida atmosfera havosining yillik monitoringi tashkil etildi.

Shisha korxonada chiqindilarning asosiy manbai shisha eritish pechining baland 45 metrli quvuri bo‘lib, u barcha azot dioksidi (NO2) chiqindilarining deyarli 93 foizini tashkil qiladi.

Monitoringni NBT Group jamoasi olib bordi, u 2024-yil fevral oyidan boshlab o‘n oy davomida ma’lumotlarni muntazam yangilab, uskunalarning ishlashini tekshirib bordi. Monitoring AQMesh statsionar gaz analizatori yordamida amalga oshirildi.

O‘rtacha oylik va o‘rtacha kunlik NO va NO2 ko‘rsatkichlari bo‘yicha O‘zbekistonning sanitariya qoidalari va xalqaro standartlar bilan belgilangan me’yorlardan oshganligi aniqlanmadi.

Korxonada o‘rnatilgan zamonaviy uskunalar tufayli havo sifatini nazorat qilish tizimi yuqori darajada yo‘lga qo‘yildi va uning xalqaro tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi talablariga muvofiqligi isbotlandi.

Jihozlanganlik darajasi va texnik imkoniyatlari bo‘yicha korxona jahon standartlariga to‘liq javob beradi va Markaziy Osiyoda o‘xshashi yo‘q.

Texnologik liniya M0 markali, qalinligi 2 dan 12 mm gacha bo‘lgan jombo formatining maksimal o‘lchamini ishlab chiqarish imkonini beradi.

Korxona  yiliga 16 million kvadrat metr silliqlangan  oyna ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Tayyorlangan: Nazar Business and Technology, LLC