Zarafshon Oyna
Mamlakatimiz qurilish va avtomobilsozlik sanoatining sifatli mahalliy shishaga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi sanoat zonasi hududida "Kuniga 300 tonna tayyor shisha massasi ishlab chiqarish quvvatiga ega yangi shisha korxonasini qurish va ishga tushirish orqali float texnologiyasi bo‘yicha yuqori sifatli silliqlangan shishaning keng assortimentini ishlab chiqarish" loyihasi amalga oshirildi.


Prezidentga taqdim etildi
2018-yil 2-mart kuni Prezidentimizning Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida ushbu loyiha taqdimoti o‘tkazilib, uning roziligi olingan edi.Investitsiya dasturi
2020-yil 9-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4563-sonli qarori bilan loyiha O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga kiritildi.Iqtisodiy hudud
2020 yil 5 mayda "Zarafshon Oyna" MCHJ "Navoiy" erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi maqomini oldi.
Birinchi oyna
2022-yil 3-oktyabrda birinchi shisha olindi va 7-oktyabrda tayyor mahsulot ishlab chiqarish boshlandi.Kvars qumi boyitish kombinatini ishga tushirish
2024-yilda quvvati 55 tonna/soat bo‘lgan kvars qumini boyitish bo‘yicha tog‘-kon kombinati ishga tushirildi.
Ekologiya
- zaharli chiqindilar va ifloslantiruvchi moddalar yo‘q,
- qayta ishlash va tozalashning zamonaviy texnologiyalari joriy etilgan,
- xodimlar va yaqin atrofdagi hududlar aholisi uchun to‘liq xavfsizlik ta’minlanadi.

Mahsulot
Korxona yiliga 16 million kvadrat metr silliqlangan oyna ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Sifat nazorati
Korxona laboratoriyasi uskunalari "SPECTRO Analytical Instruments GmbH" (Germaniya) kompaniyasining ekspress analizatori yordamida xom ashyo va tayyor shisha sifatini nazorat qiladi, u kimyoviy tahlilni bir necha daqiqa ichida amalga oshiradi.
Bunday uskunalar mamlakatdagi birorta ham shisha ishlab chiqarish korxonasida yo‘q.

Uskunalar
Korxonada Germaniyaning "HORN Glass Industries AG" firmasining texnologik uskunalari o‘rnatilgan.









