Mamlakatning qurilish va avtomobil sanoati uchun sifatli import o‘rnini bosuvchi shishaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida respublikamiz Prezidenti, hurmatli Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan mamlakatda shisha sanoatini yaratish, kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlash tufayli bir guruh mahalliy tadbirkorlar Navoiy viloyatining Zarafshon shahridagi sanoat zonasi hududida "Germaniya texnologiyasi asosida zamonaviy shisha ishlab chiqarish korxonasini qurish va ishga tushirish orqali O‘zbekiston Respublikasi qurilishi va avtomobil sanoati ehtiyojlari uchun qalinligi 2 mm dan 12 mm gacha, maksimal quvvati 300 tn/sutka bo‘lgan M0 markali float texnologiyasi bo‘yicha yuqori sifatli silliqlangan shisha ishlab chiqarish" loyihasini muvaffaqiyatli ishga tushirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-martdagi Navoiy viloyatiga tashrifi yakunlari bo‘yicha Bayonnoma va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-yanvardagi PQ-4563-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi. "O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida."

  • Loyiha tashabbuskori - 2017 yil noyabr oyida tashkil etilgan "Zarafshon Oyna" mas’uliyati cheklangan jamiyati.
  • Loyihaning umumiy qiymati 250 million AQSH dollarini tashkil etadi
  • Loyiha tashabbuskorining o‘z ishtiroki - 175 million AQSH dollari.
  • Asaka bank krediti - 75 million AQSH dollari.

Korxonaning qurilish joyi tasodifan tanlanmagan. "Navoiy" erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchilariga davlat tomonidan berilayotgan soliq va bojxona imtiyozlari tufayli, shuningdek, asosiy xomashyo bazasi - kvars qumi, ohaktosh va dolomit Navoiy viloyatining Tomdi tumanida joylashganini hisobga olib, loyiha tashabbuskorlari tomonidan korxonani Zarafshon shahridagi sanoat zonasida qurish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

2018-yil 2-mart kuni Prezidentimizning Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida ushbu loyiha taqdimoti o‘tkazilib, uning roziligi olingan edi.

2019-yilda korxona qurilishi boshlanib, Germaniyadan texnologik uskunalar sotib olish uchun Asaka bankidan kredit ajratildi. Texnologik uskunalarni yetkazib beruvchi sifatida shisha sanoati uchun uskunalar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lgan Germaniyaning HORN Glass Industries AG kompaniyasi ishtirok etdi.
Aytgancha, bu loyiha tashabbuskori tomonidan O‘zbekistonda qurilgan uchinchi  shisha ishlab chiqarish korxonasi xisoblanadi. Avvalroq loyiha tashabbuskori tomonidan Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida farmatsevtika va oziq-ovqat sanoati ehtiyojlari uchun shisha idishlar ishlab chiqaradigan ikkita shisha ishlab chiqarish korxonasi qurilib, foydalanishga topshirilgan edi. 2018-yilda quvvati 120 tonna/sutka bo‘lgan "SIRDARYO UNIVERSAL OYNA" MCHJ shisha idishlar ishlab chiqarish korxonasi, 2020-yilda quvvati 160 tonna/sutka bo‘lgan "SIRDARYO GLASS" MCHJ shisha idishlar ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirildi. Ushbu korxonalarda Germaniyaning "HORN Glass Industries AG" firmasi uskunalari ham o‘rnatilgan.

2020-yil 9-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4563-sonli qarori bilan loyiha O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga kiritildi.

2020 yil 5 mayda "Zarafshon Oyna" MCHJ "Navoiy" erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi maqomini oldi.

Loyiha tashabbuskori o‘z kuchi bilan 38 gektar yer maydonida shisha ishlab chiqarish korxonasining yangi zamonaviy ishlab chiqarish majmuasini noldan boshlab qurdi. Qurilishning umumiy maydoni 117 000 kvadrat metrni tashkil etdi.

2021-yilda Germaniyadan yetkazib berilgan texnologik uskunalarni o‘rnatish ishlari boshlandi va 2022-yil 5-sentyabrda ishga tushirish-sozlash ishlari yakunlangach, korxonani ishga tushirish boshlandi. 3 oktyabr kuni birinchi oyna olindi, 2022 yil 7 oktyabrda esa tayyor mahsulot ishlab chiqarish boshlandi.

Prezidentimiz 2022-yil 25-noyabr kuni Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida ramziy tugmani bosib, korxonamizni ishga tushirdi.
Korxonada shisha ishlab chiqarishning butun jarayoni texnologik liniyaga o‘rnatilgan nazorat va boshqaruv tizimi ko‘rinishida to‘liq avtomatlashtirilgan.
Jihozlanganlik darajasi va texnik imkoniyatlari bo‘yicha korxona jahon standartlariga to‘liq javob beradi va Markaziy Osiyoda o‘xshashi yo‘q. Texnologik liniya qalinligi ikki millimetrdan o‘n ikki millimetrgacha bo‘lgan har qanday o‘lchamdagi M0 markali silliqlangan shisha ishlab chiqarish imkonini beradi. Korxona yiliga 16 million kvadrat metr silliqlangan oyna ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Korxona laboratoriyasi uskunalari "SPECTRO Analytical Instruments GmbH" (Germaniya) kompaniyasining ekspress analizatori yordamida xom ashyo va tayyor shisha sifatini nazorat qiladi, u kimyoviy tahlilni bir necha daqiqa ichida amalga oshiradi. Bu shishaning kimyoviy tarkibini o‘z vaqtida va tezkor o‘zgartirish imkonini beradi. Bunday uskunalar mamlakatdagi birorta ham shisha ishlab chiqarish korxonasida yo‘q.
Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida 700 ta yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, ularning asosiy qismini Zarafshon shahri yoshlari tashkil etadi.
Korxonaning mavjud kommunikatsiyalari tayyor mahsulotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ombordan temir yo‘l va avtotransport orqali jo‘natish imkonini beradi.
2024-yilda korxona quvvati 55 tonna/soat bo‘lgan kvars qumini boyitish bo‘yicha kon-boyitish kombinatini ishga tushirdi, bu esa asosiy xomashyo komponenti bo‘lgan kvars qumini boyitish imkonini beradi, buning natijasida bizning mahsulotlarimiz eng yuqori sifatga ega bo‘ladi. Korxonaga Germaniyaning "AKW Apparate + Verfahren GmbH" firmasining texnologik uskunalari o‘rnatilgan.


"Zarafshon Oyna" MCHJ "Navoiy" erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi va "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi a’zosi hisoblanadi.